Maqolalar bazasi

Bazada 24 ta ilmiy maqola mavjud. Nom, muallif yoki kalit so'z bo'yicha qidiring, yo'nalish va yil bo'yicha saralang.

24 ta maqola
Pedagogika UZ ET-2026-009 DOI

Kreativ taʼlim muhitida talabalarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish mexanizmlari

Sariboyev Nurali Abdunazarovich

Ushbu maqolada kreativ taʼlim muhitining talabalar ijodiy salohiyatini rivojlantirishdagi taʼsiri oʻrganilgan. Kreativ muhit yaratish shartlari, pedagogik taʼsir usullari va talabalarning ijodiy qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirish mexanizmlari tahlil qilingan.

Olmaliq shahar Ipak yoʻli innovatsiyalar universiteti · 2026-yil 18-iyun Konferensiya maqolasi 18-iyun, 2026 Batafsil →
Pedagogika UZ ET-2026-010 DOI

Kreativ pedagogika fanida innovatsion-ijodiy kompetensiyalarni baholash mezonlari

Sariboyev Nurali Abdunazarovich

Maqolada kreativ pedagogika fani doirasida talabalarda innovatsion-ijodiy kompetensiyalarni rivojlantirish masalasi koʻrib chiqilgan. Kreativ pedagogikaning nazariy asoslari, didaktik tamoyillari va talabalarda innovatsion-ijodiy kompetensiyalarni shakllantirish yoʻllari tahlil qilingan.

2026-yil 12–13-iyun Konferensiya maqolasi 12-iyun, 2026 Batafsil →
Pedagogika UZ ET-2026-007 DOI

Talabalarning innovatsion-ijodiy kompetensiyasini rivojlantirish

Sariboyev Nurali Abdunazarovich

Maqolada talabalarning innovatsion-ijodiy kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi ishlab chiqilgan va asoslangan. Pedagogik taʼsir yoʻnalishlari, metodlar tizimi, shakllar va vositalar majmuasi tahlil qilinib, ularning taʼlim amaliyotiga tatbiq etish imkoniyatlari koʻrib chiqilgan.

Guliston davlat pedagogika instituti · 2026-yil 22–23-may 79–81-bet 22-may, 2026 Batafsil →
Pedagogika UZ ET-2026-003 DOI

Muammoli taʼlim texnologiyalari asosida innovatsion kompetensiyalarni shakllantirish

Sariboyev Nurali Abdunazarovich

Ushbu maqolada muammoli taʼlim texnologiyalarining mohiyati va ularning talabalar innovatsion kompetensiyasini rivojlantirishdagi oʻrni tadqiq etiladi. Muammoli vaziyatlardan foydalanish orqali talabalarning ijodiy qobiliyatlarini oshirish, mustaqil ilmiy izlanishga yoʻnaltirish va kasbiy kompetentlikni shakllantirish mexanizmlari koʻrib chiqilgan.

Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy pedagogika universiteti · 2026-yil 5-may Konferensiya maqolasi 5-may, 2026 Batafsil →
Pedagogika UZ ET-2026-002 DOI

Talabalarning innovatsion fikrlashini rivojlantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning oʻrni

Sariboyev Nurali Abdunazarovich

Mazkur ilmiy maqolada talabalarning innovatsion fikrlashini rivojlantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ahamiyati, ularning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Shuningdek, innovatsion fikrlash tushunchasi, uning tarkibiy komponentlari hamda uni shakllantirishga xizmat qiluvchi interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va kreativ yondashuvlar tahlil qilingan.

Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi · 2026-yil 21-aprel Konferensiya maqolasi 21-aprel, 2026 Batafsil →
Pedagogika UZ ET-2026-001 DOI

Kreativ taʼlim texnologiyalarining pedagogik mohiyati

Sariboyev Nurali Abdunazarovich

Mazkur maqolada talabalarning innovatsion-ijodiy kompetensiyasini rivojlantirish muammosi oliy taʼlimning zamonaviy talablari nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Maqolada innovatsion va ijodiy kompetensiyalarni shakllantirishning nazariy asoslari hamda ularni rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik yondashuvlar yoritilgan.

ISSN 3060-4613 · 2026-yil aprel, 4(2)-son 119–121-bet Batafsil →
Pedagogika UZ ET-2026-004 DOI

Talabalarning innovatsion fikrlashini rivojlantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning oʻrni

Sariboyev Nurali Abdunazarovich

Maqolada talabalarning innovatsion fikrlashini rivojlantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning roli va ahamiyati koʻrib chiqilgan. Pedagogik jarayonda kreativ yondashuvlarni qoʻllash orqali talabalarda mustaqil, tanqidiy va innovatsion fikrlashni shakllantirish yoʻllari tahlil qilingan.

Olmaliq shahar Ipak yoʻli innovatsiyalar universiteti · 2026-yil Konferensiya maqolasi Batafsil →
Pedagogika UZ ET-2026-005 DOI

Oliy taʼlimda kreativ muhit yaratish orqali ijodiy kompetensiyalarni rivojlantirish

Sariboyev Nurali Abdunazarovich

Mazkur ilmiy maqolada oliy taʼlim muassasalarida kreativ muhitni shakllantirishning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilinadi. Shuningdek, talabalarning ijodiy kompetensiyalarini rivojlantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar hamda raqamli taʼlim muhitining oʻrni yoritiladi. Tadqiqot natijalari kreativ muhitni tashkil etish orqali talabalarda mustaqil fikrlash, muammoli vaziyatlarni hal qilish va innovatsion yondashuvlarni qoʻllash koʻnikmalari sezilarli darajada rivojlanishini koʻrsatadi.

ISSN 3060-527X · №4/2026, 1-qism 246–249-bet Batafsil →
Pedagogika UZ ET-2026-006 DOI

Kreativ taʼlim texnologiyalari asosida talabalarda innovatsion kompetensiyalarni shakllantirish metodikasini takomillashtirish

Sariboyev Nurali Abdunazarovich

Kreativ taʼlim texnologiyalaridan foydalanish orqali talabalarda innovatsion kompetensiyalarni shakllantirish metodikasini takomillashtirishning pedagogik asoslari yoritilgan. Kreativ taʼlim texnologiyalarining nazariy asoslari, amaliy qoʻllanish imkoniyatlari, pedagogik shart-sharoitlari va metodik xususiyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, innovatsion kompetensiyalarni rivojlantirishda interfaol metodlar, raqamli texnologiyalar va loyihaviy taʼlimning ahamiyati ochib berilgan.

ISSN 3060-4613 · 2026-yil may, 5(3)-son 374–377-bet Batafsil →
Psixologiya UZ ET-2025-012 namuna

Talabalarning akademik motivatsiyasiga ta'sir etuvchi psixologik omillar

Rahimova Zulfiya Nematovna

Maqolada oliy ta'lim muassasasi talabalarining akademik motivatsiyasiga ta'sir etuvchi ichki va tashqi psixologik omillar empirik tadqiq etilgan. 320 nafar respondent ishtirokidagi so'rovnoma natijalari korrelyatsion tahlil orqali baholangan.

2025, № 4 88–96-bet 20-dekabr, 2025 Batafsil →
Yuridik fanlar UZ ET-2025-010 namuna

Sun'iy intellekt texnologiyalarini huquqiy tartibga solishning xalqaro tajribasi

Mahmudov Aziz Farhodovich, Saidova Malika Erkinovna

Maqolada Yevropa Ittifoqining AI Act reglamenti va boshqa davlatlarning sun'iy intellektni tartibga solish bo'yicha normativ hujjatlari qiyosiy tahlil qilinadi. O'zbekiston qonunchiligiga tatbiq etish mumkin bo'lgan huquqiy mexanizmlar asoslanadi.

2025, № 4 106–117-bet 5-dekabr, 2025 Batafsil →
Pedagogika UZ ET-2025-009 namuna

Masofaviy ta'limda talabalar bilimini baholashning interaktiv shakllari

Sultonov Ilhom G'ayratovich

Tadqiqotda masofaviy ta'lim sharoitida talabalar bilimini obyektiv baholashning interaktiv shakllari — adaptiv testlar, keys-topshiriqlar va portfolio texnologiyasi qiyoslangan. Har bir shaklning ustunlik va cheklovlari aniqlangan.

2025, № 3 61–70-bet 28-sentabr, 2025 Batafsil →
Filologiya UZ ET-2025-007 namuna

Badiiy tarjimada milliy kolorit muammosi: o'zbek nasri misolida

Yo'ldosheva Nigora Shavkatovna

Maqolada o'zbek nasri namunalarining ingliz tiliga tarjimasida milliy kolorit va realiyalarni yetkazish muammolari tahlil qilinadi. Tarjima transformatsiyalarining turlari misollar asosida ko'rsatilgan.

2025, № 3 80–87-bet 4-sentabr, 2025 Batafsil →
Iqtisodiyot RU ET-2025-006 namuna

Цифровая трансформация банковского сектора: риски и возможности

Nurmatov Shohruh Anvarovich

В статье рассматриваются основные направления цифровой трансформации банковского сектора Узбекистана. Особое внимание уделяется управлению операционными и киберрисками при внедрении дистанционных банковских услуг.

2025, № 2 44–53-bet 19-iyun, 2025 Batafsil →
Pedagogika UZ ET-2025-001 DOI

Talabalarning innovatsion-ijodiy kompetensiya rivojlantirish tushunchasi, mazmuni va ularning malakasiga qoʻyilgan talablar

Sariboyev Nurali Abdunazarovich

Mazkur maqolada talabalarning innovatsion-ijodiy kompetensiyasini rivojlantirish muammosi oliy taʼlimning zamonaviy talablari nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi oliy taʼlim tizimida kompetensiyaviy yondashuvning kuchayishi, taʼlim jarayonining raqamlashtirilishi, mustaqil fikrlash, muammoni yangicha qoʻyish va amaliy yechim ishlab chiqishga qodir mutaxassislarni tayyorlash ehtiyoji bilan belgilanadi.

ISSN 3030-3753 · Volume 3, Issue 3 1018–1020-bet Batafsil →
Pedagogika UZ ET-2025-002 DOI

Kreativ taʼlim texnologiyalarining pedagogik mohiyati va uning oʻquv jarayonida tutgan oʻrni

Sariboyev Nurali Abdunazarovich

Mazkur tezisda kreativ taʼlim texnologiyalarining pedagogik mohiyati, ularning oʻquv jarayonidagi vazifalari, didaktik imkoniyatlari hamda taʼlim sifati va natijadorligiga taʼsiri tahlil qilinadi. Kreativ taʼlim texnologiyasi oʻquvchini tayyor maʼlumotni qabul qiluvchi emas, balki bilimni izlovchi, tahlil qiluvchi, muammoni turli yoʻllar bilan hal etuvchi faol subyekt sifatida shakllantirishi bilan ajralib turadi.

Innovative Academy Konferensiya tezisi Batafsil →
Pedagogika UZ ET-2024-003 DOI

Differentsial yondashuvda texnologiyalarni tanlashni belgilovchi omillar

Boʻriboyev Aziz Abdumannonovich

Ushbu maqola oʻqituvchilar tanlangan texnologiyalar oʻquvchilarining turli ehtiyojlari va qobiliyatlarini samarali hal qilishini taʼminlash uchun turli omillarni hisobga olishlari kerakligi hamda differentsiatsiya sharoitida texnologiyalarni tanlashni belgilovchi asosiy omillarni oʻrganadi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti · Samarqand, 2024-yil 24–25-may 256–258-bet 24-may, 2024 Batafsil →
Pedagogika UZ ET-2024-002 DOI

Kimyo taʼlimida differentsial yondashuvi bilan talabalarda kimyoviy modifikatsiya koʻnikmalarini shakllantirish

Boʻriboyev Aziz Abdumannonovich

Taʼlimdagi ustuvorliklar hozirda maʼlum boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalar tarkibini shakllantirishdan oʻquvchilarning intellektual va oʻquv-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga oʻtdi, yaʼni hozirgi talabaga faqat bilishi emas, uning tushunishi va amalda qoʻllay olishi dolzarb boʻlib qolmoqda. Ushbu tezisda kimyoviy texnologiya (qurilish materiallari) taʼlim yoʻnalishi talabalarining kimyoviy modifikatsiyalash kasbiy kompetensiyasini differentsial taʼlim yondashuvi orqali oʻqitish haqida bayon etilgan.

Qoʻqon davlat pedagogika instituti · 2024-yil 22-may 175–177-bet 22-may, 2024 Batafsil →
Pedagogika UZ ET-2024-001 DOI

Oʻquv jarayonini differentsiallashtirish tushunchasining mazmuni va tuzilishi

Boʻriboyev Aziz Abdumannonovich

Ushbu maqolada taʼlimni differentsiallashtirish kontseptsiyasining nazariy qoidalari, asosiy mazmuni hamda umumiy tamoyillari taʼlim jarayonini yaxlit holda qamrab olish nuqtai nazaridan tavsiflanadi. Umumiy tamoyillar xususiy tamoyillarni qurishda qoʻllanma boʻlib xizmat qilishi, muayyan tamoyillar esa taʼlim mazmunini aniqlashdan tortib natijalarni baholashgacha boʻlgan butun oʻquv jarayonini differentsiatsiyalash nuqtai nazaridan qamrab olishi asoslab berilgan.

TIQXMMI Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti · Buxoro, 2024-yil 23–24-fevral 342–346-bet 23-fevral, 2024 Batafsil →
Pedagogika UZ ET-2024-004 DOI

Kimyoviy modifikatsiyalash koʻnikmalarini shakllantirishda oʻquvchilarning mustaqil faoliyati tashkil qilishning pedagogik asoslari

Boʻriboyev Aziz Abdumannonovich

Hozirda boʻlajak kimyoviy texnologlarning kimyoviy modifikatsiyalash koʻnikmalarini mustaqil oʻrganish uchun maʼlum shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar va bajarilayotgan ishlar boʻlajak mutaxassislar oʻzlari uchun zarur boʻlgan barcha axborot va maʼlumotlarni mustaqil topish va yigʻish mahoratini, ularni tahlil eta olish malakasini egallagan boʻlishlarini taqozo etmoqda. Ushbu maqolada kimyoviy modifikatsiyalash koʻnikmalarini shakllantirishda oʻquvchilarning mustaqil faoliyati tashkil qilishning pedagogik asoslari haqida batafsil yoritilgan.

Ájiniyaz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti · Nukus, 2024-yil 216–218-bet Batafsil →

Yillar bo'yicha to'liq arxiv →